Institut haqida
Rektorning kirish so’zi
Tarihimiz
Madaniy hayot
«OROM» sanatoriyasi
Talabalar shaxarchasi
Biz va sport
Abiturientlar uchun
Tashkiliy tuzilma
Ilm va Amaliyot
Litseylar
Axborot resurs markaz
Ochiq darslar
Yangiliklar
Teskari aloqa
Pochtamiz @
 
 
 
 
Login    @tiim.uz
 
Parol  
 
   
 
 
www.edu.uz
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi portali
 
 
www.gov.uz
O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati portali
 
 
  Fakultet    
  ðóñ   eng  
Institut haqida Tarihimiz
Tarihimiz

Òoshkent shaxrining qoq markazida joylashgan sobiq Òoshkent irrigatsiya va qishloq xujaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlari instituti íozirgi Òoshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti nomi bilan zamonaviy binolarda savlat to’kib turibdi. Institutning tashkil topishi va taraqqiyotini kuzatar ekanmiz, bunda mustaqil O’zbekiston Respublikasining jonli tarixi gavdalanadi.

Institut tarixi 1923 yili - Òurkiston davlat universiteti texnika fakultetining gidrotexnika bo’limi bazasida melioratsiya muhandisligi fakultetining tuzilishidan boshlandi. 24 nafar talaba agronom, 16 nafari esa gidromelioratsiya muhandisi sifatida institutni birinchi marta bitirib chiqishi ham shu yili sodir bo’ldi. 1929 yili melioratsiya muhandisligi fakulteti zamini tarkibida mexanika, qurilish va suv xo’jaligi fakultetlari bo’lgan O’rta Osiyo paxtachilik irrigatsiya politexnika instituti tashkil etildi. Bu institutning tashkil etilishi respublikaning qishloq va suv xo’jaliklari xodimlariga bo’lgan kuchli ehtiyojini bir qadar qondira boshladi.

1931 yilda suv xo’jaligi fakulteti, O’rta Osiyo davlat universiteti qishloq xo’jaligi fakulteti, mashinalar bo’limi hamda mexanika fakulteti manbalari asosida O’rta Osiyo qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish instituti tashkil etildi.

O’rta Osiyo respublikalarida yer-suv islohotining o’tkazilishi hamda irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirishning yanada rivojlantirilishi yaxlit oliy texnika o’quv muassasasining barpo etilishini taqozo qilardi. 1934 yilda O’rta Osiyo irrigatsiya muhandislari va texniklari instituti O’rta Osiyo qishloq xo’jaligini irrigatsiyalash va mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti nomi ostida birlashtirildi. U shu yilning 11 noyabrida Òoshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutiga aylantirildi. Uning tarkibida dastlab ikkita – gidromelioratsiya va mexanizatsiya fakultetlari bo’lgan.

Urushdan keyingi davrda mamlakat qishloq xo’jaligi iqtisodida ko’tarilish sodir bo’ldi, yangi tarmoqlar ochila boshlandi. «Yer qurilishi» (1945), «Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish» (1946), «Gidroenergetika qurilishi» (1946), «qishloq xo’jaligi mashinalari ta’miri texnologiyasi va uni tashkil etish» (1966), «Suv xo’jaligi iqtisodiyoti va uni tashkil etish» (1974), «Umummuxandislik» (1979) fakultetlarining ochilishi O’zbekistonda iqtisodiy-ijtimoiy o’sish bilan chambarchas bogliqdir.

2004 yil 30 martda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Karori bilan ÒIKÕMII Òoshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiga aylantirildi. Institut hozirgi kunlarda tom ma’noda yangi, mas’uliyatli davrni boshdan kechirmoqda.

© Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Manzilimiz:
Qori Niyoziy 39,
Toshkent, 100000, O'zbekiston
Telefon va faks:
(+998-71) 237-38-79
(+998-71) 237-19-31
E-mail: admin{a}tiim.uz