Institut haqida
Abiturientlar uchun
Tashkiliy tuzilma
Fakultetlar
Kafedralar
Bo`limilar
Markazlar
Kasaba uyushmasi
Ilm va Amaliyot
Litseylar
Axborot resurs markaz
Ochiq darslar
Yangiliklar
Teskari aloqa
Pochtamiz @
 
 
 
 
Login    @tiim.uz
 
Parol  
 
   
 
 
www.edu.uz
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi portali
 
 
www.gov.uz
O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati portali
 
 
  Fakultet    
  рус   eng  
Tashkiliy tuzilma Нашрлар Kasaba uyushmasi
Kasaba uyushmasi
INSTITUT XODIMLARI VA TALABALAR KASABA UYUSHMASI QO‘MITASINING  FAOLIYATI

    Institut kasaba uyushmasining asosiy faoliyati ma’muriyat bilan kelishilgan holda tuzilgan jamoa shartnomasi va amaldagi qonunlar bilan belgilanib, xodimlar va talabalarning qonuniy huquqlarini, ularning manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir.
    Kasaba uyushmasi qo‘mitasining asosiy maqsadi – institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalarining ijtimoy-iqtisodiy va ququqiy himoyasining imkon doirasida eng yuqori darajasini ta’minlaydigan takliflar hamda majburiatlarni kelishilgan shartnomalar va takliflar asosida amalga oshirishdir.
    Institut kasaba uyushmasinig bosh vazifasi-uyushma a’zolarining mehnat, ijtimoiy, ma’naviy, intellektual huquqlar va manfaatlarini muhofaza qilishda harakat birligini amalga oshirishdan iborat.
    Toshkent shahar Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasiga birlashgan institut kasaba uyushmasiga birlashgan institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi faoliyatlar turi bo‘yicha umumiy manfaatlar bilan birlashgan xodimlar yoki vaqtincha ishsizlar, talabalar va o‘quvchi yoshlar, ishlamaydigan nafaqaxo‘rlar, aholining boshqa qatlamlarini o‘zini-o‘zi boshqaradigan, ko‘ngilli lamoat nodavlat notijorat tashkilotdir.
    Institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘z faolyatini fakultetlar va bo‘limlar bilan muvofiqlashtirib borishdan tashqari, tushgan arizalar, murojatlar va munozaralari masalalarni ko‘rib chiqish uchun tubanda ko‘rsatilgan sohalardagi:
    Ommaviy-tashkiliy, mehnatni muhofaza qilish, xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilish, huquq, uy-joy va maishiy sohalardagi ishlar hamda sport-sog‘lomlashtirish va ommaviy-madaniy ishlar bo‘yicha komissiyalar bilan doimiy ravishda ishlash bo‘yicha olib boradi.
    Kasaba uyushma qo‘mitasi ma’muriyat bilan doimiy ravishda hamkorlikda ish olib borib, turli bayram tantanalari, Navro‘z, Xotira va qadrlash kunlari, Mustaqillik bayramlari, O‘qituvchi va murabbiylar kuni, Konstitutsiya kuni va boshqa ulug‘ sanalar, ulug‘ ustozlar va ajdodlarimizni xotirlash va e’zozlash  kabi tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazib kelmoqda.
    Institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi doimiy ravishda xodimlar va talabalarni moddiy va ma‘naviy rag‘batlantirish yo‘lida ham xizmat qilib kelmoqda. Jumladan, moddiy yordam ko‘rsatish, davolanishlar uchun yo‘llanmalar, Mitrafanov suzish havzasiga bepul yo‘llanmalar, taxiriy va madaniy markazlar-Samarqand, Buhoro, Xiva va boshqa shaqharlarga sayohatlar va boshqa ommabiy-tashkiliy, sport sog‘lomlashtirish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.
    Yuqoridagilardan tashqari, professor-o‘qituvchilarimizni tavallud sanalarini nishonlash, ularni qimmatbaho sovg‘alar va fаxriy yorliqlar bilan mukofatlash doimiy an’anaga aylangan. Bundan tashqari, institutimizda ko‘p yillardan beri ishlagan professor-o‘qituvchilarga sanatoriya va dam olish uylariga yo‘llanmalar bilan ta’minlash ham amalga oshirilib kelinmoqda.
    Institutimiz qoshida “Orom” sanatoriya-profilaktoriyasi mavjud bo‘liv, yiliga qariyib 500 ga yaqin talabalar o‘z salomatliklarini tiklash bo‘yicha muolajada bo‘lishadi. Shu bilan birga, xodimlarimiz ham doimiy ravishda tegishli tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va “Orom” davolanish uchun bepul yo‘llanmalar beriladi.
    Institut xodimlarining maishiy yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida doimiy ravishda uy-joyga muhtoj o‘qituvchilar, xodimlar va aspirantlar uchun talabalar shaharchasidan joy ajratib kelinmoqda.
    Kasaba uyushmasi ma’muriyat bilan birgalikda xodimlar va talabalarni doimiy ravishda moddiy va ma’naviy rag‘batlantirib kelmoqda. Institute kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘z faoliyati mobaynida doimiy ravishda xodimlar va talabalar uchun Chinobod, Bo‘ston, Xumson, Kumushkon, Cortoq, Chimyon, Yangiyo‘l, Ugam, Sumcha kabi dam olish uyi va sanatoriyalarida dam olish va salomatliklarini tiklash uchun sharoitlar yaratish yo‘lidagi xizmatlarni amalga oshirib kelmoqda.

Telefonlar: 137-05-86, 137-09-94
© Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Manzilimiz:
Qori Niyoziy 39,
Toshkent, 100000, O'zbekiston
Telefon va faks:
(+998-71) 237-38-79
(+998-71) 237-19-31
E-mail: admin{a}tiim.uz