Institut haqida
Abiturientlar uchun
Tashkiliy tuzilma
Ilm va Amaliyot
Litseylar
Axborot resurs markaz
Ochiq darslar
Yangiliklar
Teskari aloqa
Pochtamiz @
 
 
 
 
Login    @tiim.uz
 
Parol  
 
   
 
 
www.edu.uz
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi portali
 
 
www.gov.uz
O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati portali
 
 
  Fakultet    
  рус   eng  
Yangiliklar
Yangiliklar
««« Lizing xizmati rivojlanmoqda Yangi kitob markazi »»»
Dala yumushlari qizg‘in

Surxondaryo viloyatida bu yil 3,5 mingga yaqin fermer xo‘jaligi qariyb 120 ming gektar maydonda g‘o‘za parvarishlaydi. Ayni kunlarda viloyat dehqonlari bahorgi chigit ekish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rmoqda.

Mavjud texnika va seyalkalar mavsumga taxt qilib qo‘yildi. Mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, shudgorlangan maydonlarni tekislash yumushlari sifatli amalga oshirilayotir.

Sherobod tumanida ham chigit ekish mavsumini qisqa fursatlarda o‘tkazish uchun aniq chora-tadbirlar belgilanib, dala ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

– 2009 yil hosili uchun 46 gektar maydonga ekilib, bir tekisda baravj o‘sayotgan “Kroshka” navli g‘allaning parvarishiga alohida e’tibor qaratmoqdamiz, – deydi tumandagi «Jo‘ra Rahmatullayev» fermer xo‘jaligi rahbari J.Rahmatullayev. – Jariy yilda 58 gektar yerga chigit qadaymiz. Ekin maydonlaridan mo‘l hosil olish erta bahorda bajariladigan agrotexnik tadbirlarni sifatli o‘tkazishga bog‘liq. Xo‘jaligimizdagi mavjud texnikalar bu tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish imkonini beradi.

Malumot olingan joy: O‘zA, X.Mamatrayimov, 10.02.2009




««« Lizing xizmati rivojlanmoqda Yangi kitob markazi »»»

© Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Manzilimiz:
Qori Niyoziy 39,
Toshkent, 100000, O'zbekiston
Telefon va faks:
(+998-71) 237-38-79
(+998-71) 237-19-31
E-mail: admin{a}tiim.uz