Institut haqida
Abiturientlar uchun
Tashkiliy tuzilma
Ilm va Amaliyot
Litseylar
Axborot resurs markaz
Ochiq darslar
Yangiliklar
Teskari aloqa
Pochtamiz @
 
 
 
 
Login    @tiim.uz
 
Parol  
 
   
 
 
www.edu.uz
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi portali
 
 
www.gov.uz
O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati portali
 
 
  Fakultet    
  рус   eng  
Yangiliklar
Yangiliklar
««« Dala yumushlari qizg‘in Yangi kitob markazi »»»
Lizing xizmati rivojlanmoqda

“O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” aksiyadorlik lizing kompaniyasi Qashqadaryo viloyati filiali tomonidan fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jalik korxonalariga 1 ming 800 dan ortiq texnika va mashinalar yetkazib berildi.

– Lizing xizmatlari ko‘rsatishda yaratilayotgan imtiyozlar, xususan, lizing foizlarining kamaytirilib, to‘lov muddatining uzaytirilishi dehqonlarimizning ushbu xizmat turiga qiziqishini oshirmoqda, – deydi lizing kompaniyasining Qashqadaryo viloyati filiali direktori Sobir Eshmatov. – Xususan, chorvachilik yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jalik korxonalari lizing asosida xashak jamg‘arish uchun ishlatiladigan o‘t o‘rish texnikalari oldi.

Ayni vaqtda hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga berilayotgan texnikalar uchun lizing muddati 7 yildan 10 yilga uzaytirildi.

Bu imtiyozdan viloyatdagi ellikka yaqin fermer xo‘jaligi foydalanib, chopiq va haydov traktorlari xarid qildi. O‘tgan yil davomida fermerlar kompaniyamiz ko‘magida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan 120 dan ortiq yangi va zamonaviy qishloq xo‘jalik texnikalariga ega bo‘ldi. Bu boradagi ishlar Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yilida izchil davom ettiriladi.

Malumot manbaasi: O‘zA, A.Muhammadiyev, 10.02.2009



««« Dala yumushlari qizg‘in Yangi kitob markazi »»»

© Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Manzilimiz:
Qori Niyoziy 39,
Toshkent, 100000, O'zbekiston
Telefon va faks:
(+998-71) 237-38-79
(+998-71) 237-19-31
E-mail: admin{a}tiim.uz