| Farg‘ona davlat universitetida Farg‘ona viloyati hokimligi va “Sharq” nashriyot-matbaa aksionerlik kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan kitob markazi ish boshladi.
Markazning ochilishida davlatimiz rahbari Islom Karimov rahnamoligida xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yanada yuksaltirish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar o‘z samaralarini berayotgani ta’kidlandi. Yangi kitob markazi ham ana shu ezgu maqsadga xizmat qiladi.
Markazdan so‘nggi yillarda nashr etilgan badiiy adabiyotlar va o‘quv qo‘llanmalari keng o‘rin olgan.
Malumot olingan joy: O‘zA, 11.02.2009
|