Institut haqida
Abiturientlar uchun
Tashkiliy tuzilma
Ilm va Amaliyot
Litseylar
Axborot resurs markaz
Ochiq darslar
Yangiliklar
Teskari aloqa
Pochtamiz @
 
 
 
 
Login    @tiim.uz
 
Parol  
 
   
 
 
www.edu.uz
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi portali
 
 
www.gov.uz
O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati portali
 
 
  Fakultet    
  рус   eng  
Yangiliklar
Yangiliklar
««« Lizing xizmati rivojlanmoqda Кишлок ва сув хужалиги ишлаб чикариши учун юкори малакали кадрлар тайёрлаш муаммолари »»»
Kelajakka yo‘llanma
Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida navbatdagi bitiruvchilarga diplom topshirildi. Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, jamoatchilik vakillari va bitiruvchilarning oila a’zolari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlodni puxta bilimli, mustaqil fikrli, komil shaxslar sifatida voyaga yetkazish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ana shu ezgu maqsadga xizmat qilmoqda.

Mazkur bilim yurti mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasi uchun yer tuzish va kadastri, suv xo‘jaligini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash, suv xo‘jaligi melioratsiyasi, suv xo‘jaligi iqtisodiyotini boshqarish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi.

Institut o‘quv-laboratoriyasida qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, suv tizimida qo‘llaniladigan texnika va texnologiyalarni takomillashtirish, yangilarini kashf etish borasida ham faol ish olib borilmoqda. Ta’lim dargohida ko‘plab tajribali olimlarning faoliyat yuritayotgani puxta bilim va salohiyatga ega mutaxassislar tayyorlashga xizmat qilayotir.

Joriy yilda institutning 787 nafar talabasi bakalavr darajasini olib, mustaqil hayotga qadam qo‘ydi. Ular O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zbekenergo” kompaniyasi tizimidagi korxona va tashkilotlarda mehnat qiladi.

Manba': O‘zA, Sayyora Shoyeva, 04.07.2009 09:15



««« Lizing xizmati rivojlanmoqda Кишлок ва сув хужалиги ишлаб чикариши учун юкори малакали кадрлар тайёрлаш муаммолари »»»

© Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Manzilimiz:
Qori Niyoziy 39,
Toshkent, 100000, O'zbekiston
Telefon va faks:
(+998-71) 237-38-79
(+998-71) 237-19-31
E-mail: admin{a}tiim.uz