Institut haqida
Abiturientlar uchun
Tashkiliy tuzilma
Ilm va Amaliyot
Tadqiqotlar markazi
Tajriba xo’jaligi
AKT
Malaka oshirish
Litseylar
Axborot resurs markaz
Ochiq darslar
Yangiliklar
Teskari aloqa
Pochtamiz @
 
 
 
 
Login    @tiim.uz
 
Parol  
 
   
 
 
www.edu.uz
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi portali
 
 
www.gov.uz
O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati portali
 
 
  Fakultet    
  рус   eng  
Ilm va Amaliyot Tadqiqotlar markazi Олий математика кафедраси
Tadqiqotlar markazi
2004 yilda «Ilmiy va amaliy tadqiqotlar markazi» (IATM) tashkil etildi. Markaz qoshida iqtidorli talabalar bilan ishlash, magistratura, aspirantura va doktorantura bo‘limlari hamda resurs tejamkor texnika va texnologiyalari (RTT) ilmiy muammoli laboratoriyasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ilmiy va amaliy tadqiqotlar Markazining asosiy maqsadlari, vazifalari qo‘yidagilar:

•  ilmiy va amaliy tadqiqot ishlarini olib borilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish;

•  institut olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalarni o‘quv jarayoni va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga joriy qilishni tashkil etish;

•  budjetdan tashqari grantlar va xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishini ta’minlash;

•  institutda oliy ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni tashkillashtirish;

•  tadqiqotlar natijalari asosida yaratilgan ilmiy-texnik maxsulotlarni buyurtmachilarga (iste’molchilarga) sotish.

2004 yilda O‘zRes. FTM buyurtmasi asosida 23,005 mln. so‘mlik 9ta, O‘zQSXV davlat xo‘jalik shartnomalari 26,1 mln. so‘mlik 14ta va 193600 AQSH dollarida 10ta chet el grantlari bajarildi. Ushbu grant va xujalik shartnomalarida 90 nafar professor-uqituvchilar 9 nafar aspirant va doktorant, 32 nafar magistrant va 54 nafar talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Xozirgi kunda magistratura bo‘limida 26ta mutaxassisliklar bo‘yicha 207ta talaba, halqaro magistraturada esa 14ta talaba taxsil olmoqda.

Aspirantura va doktoranturada 4ta yo‘nalish bo‘yicha: texnika, qishloq xo‘jaligi, iqtisod va pedagogika hamda 7ta mutaxassislik bo‘yicha yuqori darajali kadrlar tayyorlanmoqda Xozirgi kunda institutda o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha 25ta aspirant va 5ta doktorant ta’lim olmoqda. Undan tashqari 37ta ilmiy izlanuvchilar o‘z dissertatsiyalari ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. 2004 yilda 9ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.

Respublikada o‘tkazilgan fan olimpiadalarida institut talabalaridan 2004/2005 o‘quv yilida 10 nafar talaba sovrindor bo‘ldilar. Joriy yilda aspirant, magistrant va talabalardan 3tasi Mirzo Ulug‘bek, 4ta Beruniy, 6ta Al-Farg‘oniy nomidagi davlat stipendiyalariga, 6ta Qori-Niyoziy, 5ta S.Pulatov nomidagi, 2ta Ilmiy Kengash, 4ta kasaba uyushma stipendiyalariga hamda 8ta «Kamolot» Yoshlar Ijtimoiy Xarakati stipendiyasiga sazovor bo‘ldilar. Respublika «Iste’dod» fondi tanlovi g‘oliblaridan 1ta magistrant Vashington shtati Universitetida malaka oshirib qaytdi. Undan tashqari 1ta talaba - Vashington, Taylandning Osiyo texnologiya institutida 2ta talaba, 2ta halqaro ZEF dasturi bo‘yicha Germaniya Bonn Universitetida, 1tasi - IRI halqaro dasturi bo‘yicha Gollandiya ILPI institutida taxsil olmoqda. 2005 yil Prezident stipendiyasiga aspirant Primov Odil sazovor bo‘ldi.

Институтида 2008 йилда бажарилаётган грантлар ва хўжалик шартномалари руйхати
 
© Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti Manzilimiz:
Qori Niyoziy 39,
Toshkent, 100000, O'zbekiston
Telefon va faks:
(+998-71) 237-38-79
(+998-71) 237-19-31
E-mail: admin{a}tiim.uz